«Account» (Аккаунт, драма, узбекистан, 2020) | Cinerama.uz - смотреть фильмы и сериалы в TAS-IX в хорошем HD качестве.
Movie poster

Account

Аккаунт

--
--
16+
Год:2020
Жанр:Драма
Gulyuzning badavlat eri Baxtiyor, 2 ta farzandi va mehribon qaynonasi bor. Аmmo, tugʼilgan kunida dugonalari uni eski rusumdagi telefon tutgani va internetdan foydalanishni bilmagani uchun ustidan kulishadi. Shundan soʼng, opasi Shahnoza unga soʼnggi rusumdagi zamonaviy telefon sovgʼa qiladi va internetga ulab, telegramga kirishni oʼrgatadi. Gulyuz eridan qoʼrqib, bu ishni undan yashiradi va yangi telefondan yashirincha foydalanadi. U internetda kursdoshi Murod bilan bogʼlanib qoladi. Murod unga talabalik vaqtida choʼmilishga birga borganda tushgan suratlarini internetga tarqatib yuborishini aytib, tahdid qiladi. Gulyuz oilasi buzilib ketishidan qoʼrqib, noiloj u bilan koʼchada koʼrishadi. Murod undan suratlar evaziga 10 ming dollar talab qiladi. Gulyuz nima qilishini bilmay qoladi. Chunki, unda shuncha pul yoʼq edi. Buning ustiga uni qaynsinglisi Lola, Murod bilan uchrashgan vaqtida birga koʼrib qoladi. Gulyuz buni tan olmaydi, ammo ikki oʼt orasida qoladi. Murodning tahdidlarini oxiri koʼrinmasdi... Gulyuzning taqdiri qanday kechadi? U oilasini saqlab qola oladimi? Lola-chi? U kelinoyisini begona yigit bilan koʼrganini akasiga aytarmikan? Baxtiyor Gulyuzning ishlaridan xabar topsa qay ahvolga tusharkin?