Davron yosh boʼlsa ham, oʼz biznesi, oʼz kafesiga ega tadbirkor yigit. Uning ish yurituvchisi Ergash aka esa, oʼz manfaatini oʼylovchi, insofsiz kishi. Davron dastlab bundan bexabar Ergash akaga ishonadi. Аmmo, borgan sari Ergash akaning noinsofliklari ortib boradi. U kafega yangi ishga kelgan, halol ishlayotgan tarbiyali qiz Malikaga ochiqchasiga tuhmat qilib, uni Davronga ahloqsiz qiz qilib koʼrsatmoqchi boʼladi. Chunki, u qizga Davron koʼngil qoʼygan edi. Davron Malikaga ishonadimi yoki Ergash akaga? Haqiqat qaror topadimi? Davron va Malikaning muhabbati qanday yakun topadi? Ergash aka oʼz jazosini oladimi?