Shoxruhning otasi avtohalokat tufayli nogiron boʼlib qolgach, u ham noiloj ota kasbi taksichilikni davom ettiradi. U dastlab tinim bilmay ishlab, topgan pullariga ukasini ingliz tili va suzishni oʼrganishga berib, uni kelajakda bilimli inson boʼlishini taʼminlamoqchi boʼladi. Kutilmaganda uning mashinasiga aeraportga shoshayotgan badavlat tadbirkor Umar aka va qizi Oygulning oʼtirishi, Shoxruhning taqdiri va dunyoqarashini oʼzgartirib yuboradi. Umar akaga Shohruhning muomalasi va aqlli ekanligi maʼqul kelib, uni oʼziga haydovchi qilib ishga oladi. Shohruh esa, tadbirkor Solih akani, sotishga koʼnmayotgan zavodini Umar akaga sotishga koʼndiradi. Bu esa, uni Umar aka oldidagi obroʼsini oshirib, oʼz rieltorlik firmasini ochishiga imkon beradi. Shoxruh oʼzi istagandek badavlat insonga aylanadi. Аmmo, bu bilan uning orzulari amalga oshadimi? U oʼzi istagandek Oygulga erisha oladimi? Ota-onasi undan rozi boʼladimi? Nafs yoʼlida noqonuniy ishlarga qoʼl urayotgan Shoxruh oldinda oʼzini qanday muammolar kutib turganini hali bilmas edi...