«Majruh 2 yoxud Mister Amerika» (Мажрух 2 ёхуд Мистер Америка, драма, узбекистан, 2017) | Cinerama.uz - смотреть фильмы и сериалы в TAS-IX в хорошем HD качестве.
Movie poster

Majruh 2 yoxud Mister Amerika

Мажрух 2 ёхуд Мистер Америка

--
--
12+
Год:2017
Жанр:Драма
Baxtiyor Аmerika Qoʼshma Shtatlarida boʼlib oʼtgan boks janglarida qatnashib gʼolib boʼlgan mashhur bokschi, jahon chempioni! U hamma narsani pul bilan hal qilsa boʼladi, deb oʼylaydi. Parizoda esa, onasi vafot etgan va supermarketda ishlab, ukalarini oʼzi oyoqqa turgʼazayotgan mehnatkash qiz. Baxtiyor u ishlayotgan supermarketga kirib, yonida soʼm boʼlmagani uchun, oʼzicha dollarga narsa sotib olmoqchi boʼladi. Аmmo, Parizoda sotuvchi sifatida, unga bu mumkin emasligini tushuntiradi. Baxtiyor uning gapiga quloq solmaydi. Baxtiyor esa, bu vaqtda sigareta olib, uni ochib ham boʼlgandi. Xullas, tortishuv yuzaga kelib, u Parizoda bilan qasdlashib qoladi. Soʼng, ataylab Parizodani ishdan boʼshattiradi. Tasodifni qarang-ki, Baxtiyor bir necha xonadonlarni sotib olib, buzdirib, oʼrniga tungi klub qurmoqchi boʼlgan hududda Parizodaning ham, ota-onasidan yodgorlik boʼlgan, ukalari bilan yashayotgan uyi joylashgan edi. Parizoda ota-onasidan meros qolgan uyni sotishdan qatʼiy bosh tortadi. Baxtiyor esa, unga zugʼum oʼtkaza boshlaydi. Parizoda endi qanday yoʼl tutadi? Baxtiyor tufayli ishsiz qolgan qiz, endi uysiz qoladimi? Yetim qizning taqdiri qanday kechadi?