Fotima kambagʼal oilaning qizi boʼlib, restoran oshxonasida idish-tovoq yuvib, olgan arzimagan maoshi bilan keksa, kasalvand otasi va kichik singlisini boqadi. Bir kuni bir toʼda yigitlar u ishlayotgan restoranga kelib, u yerda juda uzoq ovqatlanib oʼtirishadi. Hamma idish-tovoqlarni yuvib, keyin ketishi kerak boʼlgan Fotimani jahli chiqadi. Chunki, u uyga kechikayotgan edi. Uyga borib, yosh bola singlisi va kasalvand otasi uchun kechki ovqat tayyorlashga ulgurishi kerak edi. Yigitlar boʼlsa, parvoyi falak, bemalol oʼtirishardi. Shunda Fotimaning jahli chiqib, ularga vaqt juda kech boʼlganligini tushuntirmoqchi boʼladi. Аmmo, ular tushunishmaydi. Аyniqsa, ular ichidagi badavlat yigit Shoxruhning qaysarligi tutadi. Shunda Fotima ularning qarshiligiga qaramay, stol ustidagi ovqatlarni yigʼishtirib oladi. Bu esa, Shoxruhning jahlini chiqaradi. Fotima bu ishi bilan oʼziga katta dushman orttirganligini bilmas edi. Shoxruh Fotimadan qanday qasd oladi? Fotimani oldinda nimalar kutyapti?