«Suiqasd» (Суикасд, драма, узбекистан, 2006) | Cinerama.uz - смотреть фильмы и сериалы в TAS-IX в хорошем HD качестве.
Movie poster

Suiqasd

Суикасд

--
--
12+
Год:2006
Жанр:Драма
Badavlat tadbirkorning oʼgʼli Sherzod giyohvandlikka berilgan. U tuqqan onasi va otasini ham bir chaqaga olmaydigan xudbin va hissiz yigit. Otasidan doim pul talab qiladi va unga qoʼl koʼtaradi. Navbatdagi xuruj vaqtida otasini pul bermagani uchun uni urib, koʼchaga chiqib ketadi. Kafega borib, sheriklari bilan uchrashib ulardan giyohvand modda olib, qabul qilgach, kayfda qotillik qilib 2 ta insonning umriga zomin boʼladi. Uni qamoqqa olishadi. Uning ishi tergovchi Doniyor Shodiyevga topshiriladi. Sherzodning badavlat otasi uni qutqarib olish uchun, tergovchini sotib olmoqchi boʼladi. Аmmo, Doniyor sotiladiganlardan emas! Uning uchun qonun, hamma narsadan ustun edi! Shunda kutilmaganda Doniyorning qizi Lola yoʼqolib qoladi. Shubhasiz u, bu holat uchun Sherzodning otasini ayblaydi. Lolani chindan ham, Sherzodning otasi oʼgʼirlaganmi? Sherzodning oʼzi qamoqda qanday ahvolda? Tergovchi oʼz qizini topish uchun qanday yoʼl tutadi? Qonun gʼalaba qozonadimi yoki, otalik mehri?