Jaʼfar qalbi toshdek qotgan oʼgʼri. U hech qachon, hech kimni ayab oʼtirmaydi. Аmmo, sheriklari bilan yana bir uyga oʼgʼirlikka tushishganda, xonadon egasining qizi Lola uni tasodifan koʼrib qoladi. Lekin, bu haqida otasiga ham, Ichki ishlar xodimlariga ham indamaydi. Аvvaliga qiz oʼzini “sotib” qoʼyishidan xavfsiragan Jaʼfar, keyinchalik oʼzi kutmagan holda Lolani sevib qoladi. Lolaning koʼnglida ham unga nisbatan iliqlik uygʼongan edi. Аmmo, oʼgʼri yigit Jaʼfar, badavlat xonadonning tarbiyali qizi bilan munosabat oʼrnata oladimi? Ichki ishlar xodimlari tomonidan qidiruvda boʼlgan Jaʼfarning kelgusi taqdiri qanday kechadi?