Shaharda paydo boʼlgan “uchar” laqabli poygachi, qonunga zid ravishda avtopoygalar uyushtiradi. U bir oy ichida 2 ta kaptivani qoʼlga kiritadi. U qidiruvda boʼlib, uning yuzini hech kim koʼrmagan. “Uchar” juda beshavqat! U koʼplab avariyalar va insonlarning shikastlanishiga sababchi boʼladi. Bu hodisalar Kapitan Botir Musaev hududida yuz beradi. Rahbariyat unga o'z ishini eplay olmayotganligini aytib, tanbeh beradi. Oʼz navbatida Kapitan Botir Musaev qanday boʼlmasin, oʼsha “uchar” poygachini qoʼlga olishga ahd qiladi. U oʼz maqsadiga erishadimi? Oʼsha “uchar” poygachining oʼzi kim?