Mavlon rafiqasi va qaynotasiga oʼzini bankda ishlaydigan hisobchi qilib koʼrsatib yurardi. Аslida esa, u makler boʼlib, ularga aldov yoʼli bilan uy sotardi. Hattoki, birovning nomida boʼlgan uylarni ham sherigi bilan kelishib, sotib, firibgarlik qilib, foyda olardi. Аmmo, bir gal undan firib yegan navbatdagi xaridor, uni qonun qoʼliga topshirmaslik evaziga, uyi bilan mashinasini ham tortib oldi. Boshqa xotini borligini bilgan rafiqasi ham, undan voz kechdi. Shu vaqtda Mavlonga qishloqdan ammasi qoʼngʼiroq qilib, otasining vafot etganini va unga meros qoldirganligini aytdi. Meros daragini eshitib, qishloqqa tez yetib borgan Mavlon, “meros”ni koʼrib hayratda qoldi. Chunki, bu “tirik meros”, uning aqlan zaif akasi edi! Mavlon endi qanday yoʼl tutadi? Oʼzi uysiz qolgan bir vaqtda akasini oʼzi bilan olib ketadimi? Yoki yana firibgarlik yoʼlini tutadimi?