Yodgor yuk mashinasi minib, katta yoʼlga qatnaydi. Kunlardan bir kuni mashinasiga Munisa degan bir qiz oʼtirib oladi. U yalangoyoq edi. Yodgor hayron boʼladi. Bu holat takrorlanaveradi. Qachon katta yoʼlga chiqsa. Oʼsha qizga duch kelaveradi. U doim bir xil kiyimda, oʼsha yerda oʼtiraverar, Yodgorning mashinasiga chiqib olaverar edi. Bu qiz aslida inson emas, arosatda qolgan ruh edi. Аmmo, Yodgor buni kechroq tushunadi. Munisani otasi oq qilgan edi. U otasi uni kechirmaguncha, tiriklar olamidan ketolmasdi. Yodgor unga yordam berishga qaror qiladi. U qizga yordam bera oladimi?