«Ortiqcha omad» (Ортикча омад, комедия, узбекистан, 2008) | Cinerama.uz - смотреть фильмы и сериалы в TAS-IX в хорошем HD качестве.
Movie poster

Ortiqcha omad

Ортикча омад

--
--
12+
Год:2008
Ortiq omadi yurishmagan bir yigit. U kambagʼal, onasi bechora, unga juda ham achinadi. Lekin, Ortiq oqkoʼngil yigit va u Nasiba ismli badavlat qizni sevadi. Аmmo, otasi Nasibani uzatmoqchi boʼlib, sovchilardan biriga rozilik beradi. Nasiba buni Ortiqqa aytib, ertasiga ertalab soat 9 gacha sovchi yuborib, bu ishni hal qilishi keraklini tushuntiradi. Ortiq onasiga sovchilikka borishni aytsa, onasi hozir toʼy qilishga qurbi yetmasligini bildiradi. Shunda Ortiq ertalab soatd 9 da, qizning uyiga oʼzi bormoqchi boʼladi. Аmmo, kechqurun singlisi bilan urishib qoladi. Singlisi alamini olishi uchun, tunda, uning peshonasiga “jinniman” deb, flomasterda yozib qoʼyadi. Ertalab Ortiq uxlab qolib, shoshib uygʼonib, oynaga qaramay, koʼchaga chiqib ketadi. Nasibaning otasi uni bu ahvolda koʼrib, haydab yuborishiga oz qoladi. Аmmo, Ortiq boʼsh kelmaydi. Shunda Nasibaning otasi unga, agar 3 oy ichida, mashina minib kelsa, qizini berishini taʼkidlab, vaʼda beradi. Ortiq rozi boʼladi. U 3 oy ichida yangi mashina olishga qurbi yetarmikan? Nasiba unga nasib qiladimi?