"Iso aka disk sotadigan doʼkonda ishlaydi. Bir kuni u ishlaydigan doʼkonga bir yosh yigit ish qidirib keladi. Iso aka oʼsha yigit bilan gaplashib turganda, doʼkonning egasi kelib qoladi va ularning gapini eshitib qolib, Iso akani ishdan haydab yuboradi. Iso aka eʼtiroz bildirsa, uni 50 yoshda ham uylanmaganligini yuziga soladi. Iso aka jahl bilan u yerdan chiqib ketadi. Uyiga borib, boshliqning gaplari alam qilib, oʼylanib oʼtiradi. Soʼng, jahl bilan narsalari solingan qora selofanni ochib qarasa, ichi toʼla dollar! Iso aka qoʼrqib ketadi va yoʼlda bir yigit bilan toʼqnashib ketganligini eslaydi. Oʼshanda uning qoʼlidagi narsalari solingan qora selofan qoʼlidan tushib ketgan va oʼsha yigitniki bilan almashib qolgan edi! Oʼsha yigitning pullari endi Iso akaning qoʼlida turgan edi. Shuncha dollarni koʼrib, Iso aka nima qilishni bilmay boshi qotib qoladi. U qanday yoʼl tutadi? Pulini yoʼqotgan yigit Iso akani qayta topa oladimi?
"