«Badal» (Бадал, боевик, триллер, драма, узбекистан, 2019) | Cinerama.uz - смотреть фильмы и сериалы в TAS-IX в хорошем HD качестве.
Movie poster

Badal

Бадал

--
--
12+
Год:2019
Yusuf bolaligidan mushtlashishga qiziqqan bola boʼlib, oiladagi ota-ona janjallari, hamda akasi bilan uni teng koʼrmasliklari va tushunmasliklari oqibatida qaysar bo'ib voyaga yetadi. Kunlardan bir kuni otasining mashina tuzatish ustaxonasida mijozlardan biri kelib, akasi Yunus bilan mushtlashib ketadi. Yusuf kelib akasining yonini olganda, mijoz unga otvertka suqib oladi. Yusuf kasalxonaga tushsa ham, kikboksing boʼyicha sport musobaqasini qoldirmay, kasalxonadan chiqib, borib gʼoliblikni qoʼlga kiritadi. Аmmo, qaytganda otasining qattiq noroziligiga duch keladi. Shundan soʼng, asabiy holda, oʼsha kungi bitiruv oqshomiga yoʼl oladi va qaysarligi oqibatida mushtlashib, akasi bilan baxtsiz hodisaga uchraydi. Buni oqibatida bir yigit vafot etib, Yusuf qamoqqa tushadi. Lekin, advokatning oqilona saʼy-harakatlari bilan sud zalidan ozod etiladi. Yusuf bu ishdan toʼgʼri xulosa chiqaradimi? Ota-onasi uni kechiradimi? Uning kelgusi taqdiri qanday kechadi?