«Kutilmaganda» (Нежданно-негаданно, комедия, узбекистан, 2016) | Cinerama.uz - смотреть фильмы и сериалы в TAS-IX в хорошем HD качестве.
Movie poster

Kutilmaganda

Нежданно-негаданно

--
--
12+
Год:2016
Botir toʼy kuni kelin taraf yuborgan kostyum-shimni kiymasdan, oʼz onasi niyat qilib qoʼygan eski rusumdagi kostyum-shimni kiyadi. Ota-onasi uni kelinnikiga duo qilib, kuzatib qolishadi. Lekin, Botir kelinnikiga kirib borganida, kelinchak uni bu kostyum-shimda koʼrib, jahli chiqib ketadi. “Nega men sarpoda yuborgan kostyum-shimni kiymadingiz?” deb, janjal boshlaydi. Botir onasining niyati haqida gapirsa, “Onangiz juda didsiz ayol ekan! Modani tushunmaydi!” deb haqorat qila boshlaydi. Buni eshitib, Botirni jahli chiqib ketadi, ammo oʼzini bosib “Sen meni onamni, oʼzingni boʼlajak qaynonangni haqorat qilyapsan?” desa, kelinchak “Siz hozirdan onangizni mendan ustun qoʼyyapsizmi?” deb, yana ham balanddan keladi. Shunda Botirda gʼurur ustunlik qilib, shartta “Hech qanday toʼy boʼlmaydi! Onamni haqorat qilgan qizga uylanmayman!” deb yuboradi. Toʼy buziladi. Doʼstlaridan biri darhol Botirning otasi Farhod akaga qoʼngʼiroq qiladi. Farhod aka kelinnikiga yetib kelib, yoshlarni yarashtirish uchun, boʼlgʼusi qudasi bilan gaplashmoqchi boʼladi. Аmmo, boʼlgʼusi quda ham, Farhod akani haqorat qiladi. Shunda jahli chiqib ketgan Farhod aka, toʼyga uzil-kesil nuqta qoʼyib, oʼgʼlini olib, u xonadondan chiqib ketadi! Ota-bola yoʼlda oʼzaro oʼylanib, “Shuncha xarajat bekor ketgani haqida” gaplashishadi va toʼy uchun sarflagan mablagʼiga achinishadi. Kun juda issiq edi. Farhod aka yoʼlda toʼxtab, ayron olib ichadi. Shunda ayron sotayotgan qiz Dilbarning juda xushmuomala va samimiyligini koʼrib, Farhod aka undan uy manzilini soʼrab oladi. Soʼng, oʼsha kunning oʼzida borib, Dilbarni oʼgʼli Botirga kelin qilib olib beradi. Botir buni kutmagan edi... Juda tezlik bilan turmush qurishgan Botir va Dilbarning hayoti qanday kechadi?
  • Фото актера
  • Фото актера
  • Фото актера