«Telba qasoskor» (Телба касоскор, драма, криминал, узбекистан, 2020) | Cinerama.uz - смотреть фильмы и сериалы в TAS-IX в хорошем HD качестве.
Movie poster

Telba qasoskor

Телба касоскор

--
--
16+
Год:2020
Hamdam qishloqdoshi Lolaga sevib uylangan. Аmmo, uning sinfdosh doʼsti badavlat Orif ham Lolani sevadi. U Аbbos va Bobur ismli doʼstlarini, Lolani Hamdamdan ajratib olish uchun yollaydi. Ikkovi avvaliga Lolaning yoʼlini toʼsib unga tahdid qilishadi. Аmmo, Lolani Hamdamdan kechmasligini bilgach, Hamdamni urib-doʼpposlab unga tazyiq oʼtkazishadi. Hamdamning kuyovi Аzizjon voqea ustiga kelib qolib, uni qutqarib oladi. Uni Ichki ishlar boʼlimiga murojaat qilishga undaydi. Аmmo, Hamdam “bular qishloqdoshlarim” deb unamaydi. Jarohat olgan Hamdam kasalxonaga tushadi. Bundan tashvishlangan uning ota-onasi va kuyovi, uni Lola bilan birga Toshkent koʼchib ketishga undashadi. Ular koʼchib ketgach, Аbbos jahl ustida qishloqdoshi Komil akaning oʼgʼlini oʼldirib qoʼyadi. Аbbosni “baxtsiz hodisa” deb qoʼyib yuborishadi. Аmmo, ertasi kuni Аbbosning jasadi topiladi. Hamma Komil akani qotillikda ayblaydi. Lekin, u qotil emasdi! Shundan soʼng, ketma-ket qishloqda qotilliklar sodir boʼladi. Qotil kim? Hamdam va Lolaning Toshkentdagi taqdiri qanday kechadi?