Fayzbek xotini Gulnoraga dadasining hohishiga koʼra uylangan. U xotinini sevmaydi. Oʼgʼli Аkmal vafot etgach, xotinidan butunlay koʼngli qolgan. Fayzbek endilikda Dilbar ismli qizga koʼngil qoʼyib, xotinidan ajrashib, unga uylanish harakatida yurgan edi. Xotini Gulnora esa, ogʼir yurak xastaligiga chalingan, ammo shifokordan buni eriga aytmaslikni iltimos qiladi. Soʼng, oʼzi eridan ajralish oldidan bir oy muhlat soʼrab, shu vaqt ichida bir shartini bajarishni iltimos qiladi. U qanday shart edi? Fayzbek undan ajrashib Dilbarga uylanadimi? Gulnora-chi? Bir oygina umri qolgan ayol, oʼzini sevmaydigan eridan aslida nima kutyapti? Shirin hayot orzusida yurgan Fayzbek va Dilbar hali oldinda oʼzlarini qanday sinovlar kutayotganidan bexabar edilar...