Maktabni bitirganiga 30 yil boʼlgan 4 ta ogʼayni Ilhom, Hasan, Qosim va Mahmudov domla koʼrishib, yana yigʼilishga kelishishadi. Ulardan biri Mahmudov domla tasodifan kutubxonadan bir kitob topib oladi. Uni ogʼaynilari bilan keyingi “oʼtirish”ga koʼtarib olib keladi. Kitobda bir xavfli oʼyin haqida soʼz boradi. Ogʼaynilar oʼzlari istamasalar ham, kitobni ochganlari uchun, oʼyin boshlanib ketadi. Oʼyin har hafta bir marta, faqat payshanba kuni oʼynalishi mumkin edi. Birinchi boʼlib oʼyin oʼynagan Mahmudov domlaning oʼzi, qiz bolaga aylanib qoladi. Ogʼaynilar qoʼrqib ketishadi. Qolganlarning taqdiri qanday kechadi? Ogʼaynilarni bu xavfli oʼyinda yana nimalar kutyapti?