Laylo millioner yigit bilan sevishib, toʼy kunini ham belgilab, unga turmushga chiqish harakatida kelin libosi tanlab yuribdi. Uning qishloqda yashaydigan xolasi Hulkar opa esa, bu haqida butun qishlogʼiga jar solgan. Аmmo, toʼy arafasida kuyovni boshqa qiz bilan koʼrib qolgan Laylo, toʼyni toʼxtatadi. Hulkar xolasi esa, obroʼni tushirmaslik uchun oʼz qishlogʼiga “Kuyov FHDYoga ketayotganda yuragi xuruj qilib olamdan oʼtdi. Shunga jiyanim Laylo tushkunlikka tushib qoldi. Lekin, hamma boylik, zavodlari Layloga qoldi!” deydi. Laylo esa, biroz dam olib, chalgʼish uchun ishini tashlab, qishloqqa keladi. Bu vaqtda Layloni boylik egasi deb, oʼylagan qishloqdagi bir necha yigitlar, reja tuza boshlaydilar. Laylo kimga turmushga chiqadi? Hulkar opaning yolgʼonlari fosh boʼladimi?