Usmon aka oʼz qizi Sitorani doʼstining oʼgʼliga uzatib, doʼstlikni qarindoshchilikka aylantirish istagida edi. Аmmo, Turkiyada oʼqiyotgan qizi Sitoraga bu xabarni aytish uchun, u bilan telefonda gaplashganda, tasodifan uni sevgan yigiti borligidan xabar topadi. Bundan jahli chiqqan Usmon aka, oʼsha yigit bilan shaxsan gaplashish uchun Turkiyaga yoʼl oladi. Turkiyada esa, boʼlajak kuyov Muzaffar, Osmanbey ismli kishining ishongan yordamchisi edi. Osmanbey esa, Usmon akaga bir tomchi suvdek oʼxshash boʼlib, joniga qasd qilinib, komaga tushib qolgan edi. Natijada, uning oʼrnini dushmanlari egallab olmasliklari uchun, Turkiyaga kelgan Usmon aka, maʼlum bir muddatga Osmanbeyga aylanishiga toʼgʼri keladi. Bu holat qachongacha davom etadi? Usmon akani Osmanbey emasligi dushmanlariga maʼlum boʼladimi? Sitora va Muzaffarning munosabatlari qanday kechadi? Usmon aka qizini kimga turmushga beradi?