Murod aka qizi Lolani uzatgach, toʼydan keyin korxonasini kuyovi Zokirga rasmiylashtiradi. Zokir esa, korxonaga ammasi, xolasi, togʼasi, jiyanigacha ishga oladi. Kunlardan bir kuni Lola eriga otasining “haqiqat choyi” haqida aytib qoʼyadi. Ular oʼsha choyni topishadi. Dastlab oʼsha choydan ichib olgan Zokirning ota-onasi oʼrtasida janjal boʼladi. Keyin esa, tasodifan u choy, korxonada chiqayotgan choyga aralashib ketadi va shaharda hamma kutilmaganda faqat rost gapira boshlaydi. Buning oqibatida bir zumda hammayoq ostin-ustun boʼlib ketadi... Choy tufayli yanada gʼalati voqealar hali oldinda edi...