Zokirjon va Lola bir-birlarini sevishadi. Lolaning otasi Murod aka esa, qiziga kelayotgan sovchilardan qay birini tanlashni bilolmaydi. Bir kuni u tushida marhuma onasini koʼradi. Onasi tushida unga bobosidan meros qolgan haqiqat choyi haqida aytib, uni topishni buyuradi. Murod aka oʼsha choyni eski uyidan topib, damlab, xotini, qiziga kelgan sovchilar, uyida ishlayotgan ustalar va oʼz qizigacha ichirib, oʼzidan berkitilgan ancha sirlardan voqif boʼladi! U kimni kuyov qilishdan boshlab, bu yogʼiga kimga qanday muomala qilish zarurligigacha bilib oladi...