«Andijonlik Mehmon» (Андижонлик Мехмон, комедия, семейный, узбекистан, 2012) | Cinerama.uz - смотреть фильмы и сериалы в TAS-IX в хорошем HD качестве.
Movie poster

Andijonlik Mehmon

Андижонлик Мехмон

--
--
12+
Год:2012
"Baxtiyor akaning oʼgʼli Farhod jiddiy yigit. Ota-onasi uni oilaviy doʼstining qizi Malikaga uylantirishmoqchi edi. Аmmo, Malika yigitni koʼrmay turib, sovchilarni qaytargan. Shuning uchun, Farhod oʼzi va qizning ota-onasi hohishiga koʼra, Malikani koʼniktirish uchun, unga haydovchi boʼlib, yollangan edi. Kunlardan bir kuni, kutilmaganda 2 ta yigit Farhodni doʼpposlab ketishadi. U operatsiya boʼlib, komaga tushib qoladi. Uni kuzatib, himoya qilib yurgan doʼstlari buni koʼrib, qoʼrqib ketishadi. Chunki, otasi Baxtiyor aka buni bilsa, himoya uchun kuzatuvga qoʼyilgan bu doʼstlarni katta muammo kutardi. Shuning uchun ham, doʼstlar kelishib, bu haqida Farhodning otasi Baxtiyor akaga bildirmaslikka qaror qilishadi. Uning oʼrniga esa, Farhodga tashqi koʼrinishi oʼxshash boʼlgan, oʼzlari tasodifan reklamada koʼrib qolishgan Аndijonlik yigit Bahodirni pul evaziga koʼndirib, Farhod qiyofasiga kirgazib, uning uyiga olib borishadi. U Farhod komadan oʼziga kelguncha, uning rolini oʼynab berishi kerak edi... Bahodir bu ishni eplay olarmikan? Farhodning ota-onasi oʼgʼli oʼzgarib qolganini sezishadimi? Bahodirning qachon bu siri fosh boʼladi? Malika-chi, u Bahodirni Farhod oʼrnida qabul qila oladimi? "