«Aql va Yurak» (Акл ва Юрак, комедия, узбекистан, 2013) | Cinerama.uz - смотреть фильмы и сериалы в TAS-IX в хорошем HD качестве.
Movie poster

Aql va Yurak

Акл ва Юрак

--
--
12+
Год:2013
Аql va yurak tortishib qolishadi. Oʼrtadagi ramkaga ikkovi ham oʼz suratini ilmoqchi boʼlishadi. Аmmo, surat uchun joy faqat bitta edi. Shunda ular bir yigit va bir qizni tanlab, aql yoki yurak ustunligini sinab koʼrmoqchi boʼlishadi. Ular Farhod ismli bank xodimi bilan Malika ismli goʼzallik yaratuvchi qizni tanlab olishadi. Ikkovini uchrashtirib, insonlarda aql yoki yurak ustunligini sinab koʼrmoqchi boʼlishadi. Malika Farhod ishlaydigan bankka kredit soʼrab keladi. Аmmo, Farhod uning biznes rejasi mukammal emasligini aytib, kredit berishdan bosh tortadi. Buni koʼrib, aql oʼzining gʼolib ekanligini aytadi. Аmmo, yurak, oʼzlari tanlagan bu yigit va qizga yana imkon berish kerakligini taʼkidlaydi. Shundan soʼng, Farhodning direktori uni yuzinchi mijozga xizmat koʼrsatdi, deb oʼylab kredit boʼlimiga boshliq etib tayinlaydi. Lekin, u bankning yuzinchi mijozi boʼlgan Malikaga xizmat koʼrsatmay qaytarib yuborgani fosh boʼladi. Shunda bank direktori, bankning obroʼsi toʼkilmasligi uchun, Farhodga Malikani topib, uni kredit olishga koʼndirishni, shu yoʼl bilan rostdan ham yuzinchi mijozga xizmat koʼrsatgan boʼlishini tayinlaydi. Farhod noiloj Malikaga qoʼngʼiroq qiladi. Аmmo, endi Malika bu bankdan kredit olishdan bosh tortadi. Farhod nima qilib boʼlsa ham, Malikani kredit olishga koʼndirishga ahd qiladi. U oʼz maqsadiga erishadimi? Аql va yurakning qay biri bu bahsda gʼolib boʼlishadi?
  • Фото актера
  • Фото актера
  • Фото актера